TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etiladi

06 Mart 2019
Ko`rildi: 2147

 Bu haqda davlatimiz rahbarining joriy yil 3 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Milliy markaz tizimida quyidagilar tashkil etildi:

– Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;

– Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;

– Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi.

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutlari esa Milliy markaz tizimi tasarrufiga o‘tkaziladi.

“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etgan holda Milliy markazga qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori rahbarlik qiladi.

Tajriba-sinov tariqasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi OTMlarning kafedra mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 aprelgacha Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida Respublika agroxizmatlar, axborot maslahat (extension) markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2022 yil yakunigacha Milliy markazning yuqori texnologiyalar asosidagi ko‘p tarmoqli Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Deb xabar bermoqda www.uza.uz

// //